Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

FUQAROLAR MUAMMOLARINI O‘RGANISH — DEPUTATLIK NAZORATI MARKAZIDA

FUQAROLAR MUAMMOLARINI O‘RGANISH — DEPUTATLIK NAZORATI MARKAZIDA

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Odamboy Karimov Qorovul mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi Ismoilova Yulduz bilan birgalikda Archazor ko‘chasi, 24-uyda yashovchi fuqaro Matrasulova Farog‘at xonadonida bo‘ldi.
Tashrif davomida xonadonning ijtimoiy holati, oilaning yashash sharoitlari hamda mavjud muammolari o‘rganildi. Fuqaroning murojaat va ehtiyojlariga e’tibor qaratilib, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini belgilash masalalari ko‘rib chiqildi.
Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi bilan bevosita muloqot qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning muammolarini joyida aniqlash hamda ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rishdan iborat.

Slide 1 of 1