Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kotib

#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol

“Iqtidor” MFYda fuqarolar muammolari o‘rganildi

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zXDP a’zosi Gulchexra Axmedova tomonidan “Iqtidor” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, fuqarolarni qiynayotgan muammolar va ularning murojaatlari o‘rganildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning ijtimoiy-maishiy masalalari, hudud infratuzilmasi, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan bildirgan fikr va takliflari tinglandi.

Aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda ish olib borish, fuqarolar murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va ularning ijobiy yechimini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Asosiy maqsad — aholi muammolarini joyida o‘rganish, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va ularning turmush sharoitini yaxshilashga ko‘maklashish.

Slide 1 of 3