Fuqarolar murojaati deputat e’tiborida
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati R. Maxammadiyev tomonidan Paxta mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
📌 Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, mavjud muammo va takliflari tinglanib, ularni joyida o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni atroflicha tahlil qilish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni belgilash masalalari muhokama qilindi.
🤝 Deputat tomonidan har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish, muammolarni tegishli tashkilotlar va mas’ul idoralar bilan hamkorlikda hal etish, shuningdek, murojaatlarning ko‘rib chiqilishi va ijrosini nazorat qilish muhim vazifa ekanligi ta’kidlandi. Bunday uchrashuvlar aholi bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, mahalladagi dolzarb muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etadi.
⚖️ Fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini Olmazor tumanida o`rganildi.
talablariga rioya etish, murojaatlarni o‘z vaqtida va xolis ko‘rib chiqish hamda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash muhim hisoblanadi.
☑️ Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — fuqarolar murojaatlariga befarq bo‘lmaslik, ko‘tarilgan muammolarning yechimiga ko‘maklashish va aholi manfaatlarini ta’minlashdan iborat.