📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari M.Mamatqulov va B.Toshpo‘latovlar “Yuksalish” harakati Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda Davlat dasturining 6-ilovasi 163-bandi ijrosi yuzasidan jamoatchilik monitoringi o‘tkazdilar.
🔸Monitoring davomida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida 3,3 mingdan ortiq yo‘l belgilarini o‘rnatish va eskilarini almashtirish, shuningdek, 8 tadan ortiq svetofor o‘rnatish hamda mavjudlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosiga eʼtibor qaratildi.
🔸Monitoringdan maqsad — yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, haydovchilar va piyodalar xavfsizligini taʼminlash hamda belgilangan vazifalar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.
📲 Bizni kuzatib boring:👇
🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook