#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi
#Biriktirilgan_tashkilot
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 11-sonli DMTTda ta’lim-tarbiya sifati va sharoitlar o‘rganildi
✅Bandixon tumanida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolajonlarning zamonaviy sharoitlarda ta’lim va tarbiya olishlarini ta’minlash hamda sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
🫥Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati I.A.Xalmatov hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi B.Qurbonov tumandagi 11-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurib, nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazdilar.
🫥Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan normalarning hayotga tatbiq etilishi holatini baholash maqsadida tashkil etildi.
🫥Monitoring davomida guruh va yotoqxonalarning moddiy-texnik holati, o‘quv mashg‘ulotlarining interaktivligi, tarbiyalanuvchilar uchun tayyorlanayotgan taomlarning sifati, saqlanish sharoitlari va sanitariya me’yorlariga rioya qilinishi ko‘rib chiqildi.
🫥Tashrif yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan ta’lim sifatini yaxshilash, ovqatlantirish tizimi ustidan doimiy nazoratni o‘rnatish hamda dars jarayonlariga ilg‘or innovatsion metodikalarni tatbiq etish bo‘yicha bog‘cha ma’muriyatiga tegishli ko‘rsatmalar berildi.