Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Ekspert_guruhi EKSPERT GURUHINING TARKIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?
Ekspert guruhi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida uning tarkibi va ish yuritish tartibi qonunchilik asosida belgilangan.
Ekspert guruhi tarkibiga ✅ rais; ✅ rais oʻrinbosari; ✅ kotib; ✅ aʼzolar kiradi.
Ekspert guruhi aʼzoligiga, qoida tariqasida: ✅ mahalliy Kengash deputatlari; ✅ Kengash kotibiyati xodimlari; ✅ faxriy deputatlar; ✅ ilmiy va taʼlim muassasalari mutaxassislari; ✅ jamoatchilik sohasida tajribali fuqarolar; ✅ NNT, OAV va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari qabul qilinadi.
Ekspert guruhi tarkibi ✅ viloyat va Toshkent shahar Kengashlarida 20 kishigacha; ✅ tuman va shahar Kengashlarida 10 kishigacha shakllantiriladi.
✅Ekspert guruhi tarkibi har yili mahalliy Kengash qarori bilan tasdiqlanadi.
Ekspert guruhi raisi. ✅ guruh faoliyatini tashkil etadi; ✅ majlislarni chaqiradi va kun tartibini belgilaydi; ✅ ish rejalari hamda bayonnomalarni tasdiqlaydi; ✅ aʼzolarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.
✅ Ushbu tizim mahalliy Kengashlar faoliyatida professional yondashuv, ochiqlik va samaradorlikni taʼminlashga xizmat qiladi.