Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MAHALLIY BUDJET IJROSI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
Yig‘ilishida tumanning mahalliy budjeti ijrosi masalasi ko‘rib chiqildi.

Muhokama davomida budjet daromadlari va xarajatlarining ijrosi, daromadlar rejasining bajarilishi, shuningdek, ijtimoiy soha, ta’lim, madaniyat, sport, obodonlashtirish va boshqa yo‘nalishlarga yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalanish holati tahlil qilindi.

Doimiy komissiya tomonidan budjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish, daromadlar rejasining to‘liq bajarilishini ta’minlash hamda moliyaviy intizomga rioya etish muhimligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, masalani Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish tavsiya etildi.

Slide 1 of 2