Mahalladagi bank xodimi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 14-Kuchluk saylov okrugi deputati N.Nasrullayev nomidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan Kuchlik mahalla fuqarolar yig‘inida bank xodimi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida aholi va tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, kredit xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda fuqarolarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda oilalar daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!