Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

SESSIYA KUN TARTIBIDA: MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH MASALASI

SESSIYA KUN TARTIBIDA: MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH MASALASI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi sessiyasi kun tartibidagi oltinchi masala — tuman mahalliy budjetining 2026-yil I va II choraklarida daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi muhokamaga kiritildi.

🗣️ Mazkur masala yuzasidan hisobot berish uchun tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Maxmanazarov Ulug‘bek Kaxarovichga so‘z berildi.

📊 Muhokama doirasida mahalliy budjet daromadlari rejasining oshirib bajarilishi natijasida shakllangan qo‘shimcha mablag‘larni yo‘naltirish, ulardan samarali va maqsadli foydalanish hamda hududning ustuvor ehtiyojlarini moliyalashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

👍 Deputatlar tomonidan mablag‘larni taqsimlashning asoslanganligi, belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha sarflanishi va ajratilayotgan mablag‘larning amaliy natijadorligiga e’tibor qaratiladi.

🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️