Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🔰Deputat nazorati.

📌3-“Ittifoq” saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati M. Abdusattarova “Ittifoq” MFY hududidagi ekologik holat va chiqindi muammosini joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganib chiqdi.

🔸O‘rganishlar davomida mahalladagi maishiy chiqindilarning o‘z vaqtida olib ketilishi holati va bunga to‘sqinlik qilayotgan omillar tahlil qilindi. Afsuski, hududda faoliyat ko‘rsatayotgan bir qator tashkilotlar tomonidan amaldagi sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilmayotgani, to‘plangan chiqindilarni o‘z vaqtida bartaraf etish chorasi ko‘rilmayotgani aniqlandi.

🔸Deputat M. Abdusattarova tomonidan mazkur salbiy holatlarni bartaraf etish maqsadida qonuniy choralar belgilandi. Xususan, o‘z hududida tozalikni ta’minlamagan, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish majburiyatini bajarmagan tashkilotlarni aniqlash va ularni qonunchilikda belgilangan tartibda jarimaga tortish masalasi mas’ul idoralar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 2