Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat va soliq inspektori diqqat markazida: A.Bakiyev Bahoriston MFYdagi murojaatlarni joyida o‘rgandi

🇺🇿Deputat va soliq inspektori diqqat markazida: A.Bakiyev Bahoriston MFYdagi murojaatlarni joyida o‘rgandi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati A.Bakiyev 2-Shodlik saylov okrugiga tegishli Bahoriston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, fuqarolarning muammo va murojaatlarini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga, xususan, "mahalla yettiligi" tarkibidagi soliq inspektorining faoliyatiga qaratildi.

Jarayonda soliq inspektorining aholi bilan ishlash tizimi, mahalladagi soliq tushumlari, soliqqa tortish bazasini kengaytirish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘zdan kechirildi. Deputat tomonidan soliq inspektoriga aholining murojaatlarini ijobiy hal etish, soliq qonunchiligi bo‘yicha tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish va mahalladagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.