Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI AMALDA
янв.21
Deputatlar tomonidan mahallalardagi ta'mirlanayotgan ichki ko'chalar bo'yicha nazorat tahlil tadbirini olib bordi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 7-chaqiriq yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumida olib borilayotgan ishlari deputatlar tomonidan o'rganilmoqda
янв.21
️Deputat Oltinko'l mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi muammolar yuzasidan o'rganish olib bordi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAXTAKOR TUMAN KENGASHINING VII-CHAQIRIQ 18-SESSIYASI O‘TKAZILDI.
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumida olib borilayotgan ishlari deputatlar tomonidan o'rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 17–Oq buloq saylov okrugidan saylangan deputat Xasamiddinov Muzaffar Tursunovichning Oqbuloq mahalla fuqarolar saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
DOIMIY KOMISSIYA YIGʻILISHIDA USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI.

Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining yigʻilishida Vobkent tumanida zaxira va imkoniyatlarni ishga solish orqali hududlarni rivojlantirishni yanada jadallashtirish va aholi bandligini oshirish boʻyicha ishlab chiqilgan drayver loyihalarni moliyalashtirishni amalga oshirish toʻgʻrisida, Vobkent tumanida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2025-yil 1-mavsum yakunlariga koʻra “Openbudget.uz” portalida gʻolib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish hamda moliyalashtirish toʻgʻrisida, Vobkent tumanida 2025-yil ichki yoʻllarni saqlash va joriy taʼmirlash ishlari boʻyicha dastlabki manzilli roʻyxatni tasdiqlash haqida hamda boshqa masalalar muhokama qilindi. Yigʻilishda, doimiy komissiya raisi A.Qurbonov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Naimova, komissiya aʼzolari A.Kenjayev, Vobkent tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi vakillari, Vobkent tumani hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi vakillari ishtirok etishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish va aholi bandligini taʼminlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-223-sonli Farmoni asosida tuman zaxira hamda imkoniyatlarni ishga solish orqali hududlarni rivojlantirishni yanada jadallashtirish va aholi bandligini oshirish boʻyicha jami 7 ta drayver loyihalar shakllantirilib, ushbu loyihalardan dastlabki 2 tasini zarur infratuzilma bilan bogʻliq xarajatlariga Respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan 7157,5 mln.soʻm miqdorida mablagʻ ajratilayotganligi, “Tashabbusli byudjet” jarayonlarining 2025-yil 1-mavsum yakuni boʻyicha jami 11 ta loyiha eng koʻp ovoz olishi natijasida “Openbudget.uz” portalida avtomatik tarzda gʻolib deb topilib, ushbu loyihalar qiymati 15418,7 mln.soʻmni tashkil etayotganligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari hamda ichki xoʻjalik yoʻllari infratuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 665-sonli qarori bilan “Shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalari hamda xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini saqlash va joriy taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida nizom” tasdiqlangan.

Mazkur Nizomning 3-bob. (Ichki yoʻllarni saqlash va joriy taʼmirlash ishlari boʻyicha manzilli roʻyxatlarni shakllantirish va moliyalashtirish tartibi) 4-xatboshida Obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan ichki yoʻllarning holatini texnik koʻrikdan oʻtkazish va baholash natijalari hamda nuqson dalolatnomalari asosida (kuzgi-bahorgi va doimiy koʻrik) aniqlangan ish hajmlari ichki yoʻllarning ahamiyatidan kelib chiqib, iqtisodiyot va moliya idoralarida roʻyxatga olingan xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida har yili ichki yoʻllarni saqlash va joriy taʼmirlash ishlari boʻyicha manzilli roʻyxatlar shakllantirilib, tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashiga kiritilishi belgilangan.

Mazkur masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan bir qator fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirib oʻtishdi. Mazkur masalalalar tuman Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi belgilangan. 

Slide 1 of 2