Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi kotibiyati mudiri Usmonov Orif hamda tuman Kengashi deputati Xudoyqulov Shavkat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 4-yanvardagi “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ–399-son Qonuni ijrosi yuzasidan ijtimoiy dorixonalarda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, dori vositalarining mavjudligi va narx-navosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida dorixonalarda mavjud dori vositalarining turlari, aholining ehtiyojidan kelib chiqib ularning yetarliligi, narxlarning maqbulligi hamda xaridorlarga xizmat ko‘rsatish holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dori vositalarining uzluksiz ta’minoti, ularni belgilangan talablarga muvofiq saqlash sharoitlari va amaldagi tartib-qoidalarga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Jarayon davomida dorixona xodimlari bilan muloqot o‘tkazilib, faoliyat davomida uchrayotgan masalalar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Shuningdek, fuqarolarning fikr va mulohazalari tinglanib, aholini zarur dori vositalari bilan ta’minlashga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi.