Bandixon tumanida deputat Xasan Abdimo‘minov saylovchilar oldida hisobot berdi
🫥Bandixon tumanida mahalliy Kengash deputatlarining o‘z saylov okruglarida hisobot berish jarayonlari va aholi bilan yuzma-yuz muloqotlari izchil davom etmoqda.
🫥Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 1-“Bandixon” saylov okrugi deputati X.Abdimo‘minov “Bandixon” mahallasidagi 1-sonli maktab binosida o‘z saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi. Tadbirda tuman adliya bo‘limi boshlig‘i V.Nazarov ham ishtirok etdi.
🫥Uchrashuvda deputatning 2026-yilning 9 oylik faoliyati yuzasidan hisoboti tinglandi. Unda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish va aholi farovonligini oshirish borasida qilingan ishlar haqida axborot berildi.
🫥Muloqot davomida fuqarolar tomonidan ichimlik suvi, elektr ta’minoti va hududni obodonlashtirish bo‘yicha bildirilgan murojaatlar o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi hamda deputat nazoratiga olindi.