Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
INFORMATIKA VA SUN’IY INTELLEKT — KELAJAK IMKONIYATLARI
янв.21
BOG‘ISHAMOL MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISHGA QARATILGAN TASHRIF
янв.21
PAXTAKORDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
❗️TA’LIM MUASSASASIDA MAVSUMIY TAYYORGARLIK ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISH: DEPUTAT NAZORATI
янв.21
BITIRUVCHI YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
PAXTAKORDA TA’LIM-TARBIYA MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
DEPUTAT NAZORATI: QANDLI DIABET BILAN OG‘RIGAN BEMORLARNI BEPUL DORI-DARMONLAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 5–“Changi” saylov okrugidan saylangan deputat Maxkamova Feruza Sa’diyеvna tomonidan Parkent tuman markaziy poliklinikasining endokrinologiya xonasida qandli diabet kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni davlat tomonidan ajratiladigan bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
🟢 O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, bemorlarning zarur dori vositalari bilan ta’minlanishi hamda davlat tomonidan yaratilgan imtiyozlarning amalda qay darajada ta’minlanayotganiga alohida e’tibor qaratildi. Zero, surunkali kasalliklar bilan yashayotgan fuqarolarni zarur dori-darmonlar bilan o‘z vaqtida ta’minlash ularning salomatligini asrash, kasallikni nazorat ostida saqlash va hayot sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.
🟢 Parkent tuman markaziy poliklinikasi endokrinolog shifokori Mirzayeva Shaxnoza hamda hamshiralar tomonidan qandli diabet kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga davlatimiz tomonidan ajratilgan bepul dori-darmon vositalari o‘z vaqtida yetkazib berilayotgani ma’lum qilindi. Tibbiyot xodimlari tomonidan bemorlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish, ularning murojaatlariga e’tibor bilan yondashish va davolanish jarayonida qo‘llab-quvvatlashga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
💊 Davlat tomonidan aholiga taqdim etilayotgan bunday imtiyozlar, avvalo, fuqarolar salomatligini muhofaza qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Shu bois bepul dori-darmonlarning belgilangan tartibda, o‘z vaqtida va haqiqiy ehtiyojmand bemorlarga yetib borishini ta’minlash muhim vazifalardan biridir.
🟢 Deputat Maxkamova Feruza Sa’diyеvna tomonidan olib borilgan mazkur o‘rganish saylov okrugidagi fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, sog‘liqni saqlash sohasidagi mavjud holatni joyiga chiqib o‘rganish hamda aholiga yaratilgan imkoniyatlarning samaradorligini baholashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
✅ Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlari tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalarida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar ijrosi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini olib borish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2