Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
INFORMATIKA VA SUN’IY INTELLEKT — KELAJAK IMKONIYATLARI
янв.21
BOG‘ISHAMOL MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISHGA QARATILGAN TASHRIF
янв.21
PAXTAKORDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
❗️TA’LIM MUASSASASIDA MAVSUMIY TAYYORGARLIK ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISH: DEPUTAT NAZORATI
янв.21
BITIRUVCHI YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
PAXTAKORDA TA’LIM-TARBIYA MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
DEPUTAT VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI: QONUN IJROSI VA SOHA FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 20-“Ulug‘bek” saylov okrugidan saylangan deputat Sultonov Azimjon O‘ktam o‘g‘li o‘ziga biriktirilgan tashkilot — Parkent tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi bilan hamkorlikda deputatlik nazoratini amalga oshirib, qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar hamda “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini o‘rgandi.
🟢🟢 O‘rganishning asosiy e’tibori qonun hujjatlarida belgilangan talablarning amalda qay darajada bajarilayotgani, mas’ul tashkilot faoliyatining qonunchilikka muvofiqligi va urug‘chilik sohasida belgilangan vazifalar ijrosiga qaratildi.
🌾 Xususan, qishloq xo‘jaligida sifatli urug‘lik materiallaridan foydalanish, urug‘liklarning nav tozaligi va sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlash, urug‘liklarni yetishtirish, saqlash hamda ulardan samarali foydalanish bilan bog‘liq jarayonlar yuzasidan tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.
🟢 Deputatning o‘ziga biriktirilgan tashkilot bilan bevosita hamkorlikda ish olib borishi, sohadagi mavjud holatni joyiga chiqqan holda o‘rganishi va qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirishi vakillik organi hamda ijro tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🟢 Bunday hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — qonunlarning hayotga to‘liq tatbiq etilishini ta’minlash, aniqlangan masalalarga o‘z vaqtida yechim topish, mas’ul tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat.
🇺🇿 Deputatlik nazorati — qonun ijrosini ta’minlash, mas’uliyatni oshirish va xalq manfaatlarini himoya qilishning muhim vositasidir.
Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputatlarining o‘zlariga biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borayotgan ishlari qonun ustuvorligini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularning bartaraf etilishiga ko‘maklashishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4