#Deputat_faoliyati #24_tavsiya_ijrosi
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
KITOBXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH — MUHIM VAZIFA
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 21-Chinobod saylov okrugidan saylangan deputati G. Mamatova tomonidan “Chinobod” mahallasidagi 12-sonli umumta’lim maktabida 24-tavsiya ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktabda tashkil etilgan kitob javonida kitob fondlari va Book Cafe faoliyati bilan tanishildi. Mazkur tashabbuslar o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.
Deputatlik nazorati doirasida bunday tashabbuslarning amaliy ijrosi va samaradorligini o‘rganish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.