Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
INFORMATIKA VA SUN’IY INTELLEKT — KELAJAK IMKONIYATLARI
янв.21
BOG‘ISHAMOL MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISHGA QARATILGAN TASHRIF
янв.21
PAXTAKORDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
❗️TA’LIM MUASSASASIDA MAVSUMIY TAYYORGARLIK ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISH: DEPUTAT NAZORATI
янв.21
BITIRUVCHI YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
PAXTAKORDA TA’LIM-TARBIYA MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
“NIHOL” MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI

 “NIHOL” MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI

📍 Olmazor tumani “Nihol” mahallasi yoshlar yetakchisi
F. Mirqurbonov tomonidan 2026-yilning 9 oyi davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi.

📊 Asosiy statistik ko‘rsatkichlar:

🔹 1 286 nafar yosh yil boshidan o‘tkazilgan xatlov jarayonida aniqlanib, ular bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yildi.

🔹 3 nafar yoshning bandligi ta’minlandi. Yoshlarni ish bilan ta’minlash va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

🔹 36 nafar bitiruvchi o‘rganilib, ular orasidan 3 nafar ishsiz yosh aniqlandi. Hozirda ularni ishga joylashtirish choralari ko‘rilmoqda.

🔹 3 nafar og‘ir toifadagi yosh otaliqqa olingan. Ular bilan har oy muntazam uchrashuvlar o‘tkazilib, oilaviy sharoiti va mavjud muammolari o‘rganib borilmoqda.

🔹 6 nafar mehnat migratsiyasidagi yosh bilan Telegram messenjeri orqali har oy muloqot qilinib, ularning holidan xabar olinmoqda.

🏆 Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish:
Mahallada yoshlarni “Besh tashabbus” doirasidagi tanlov va musobaqalarga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yoshlar tuman va shahar miqyosidagi bellashuvlarda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda.

✅ Ustuvor vazifalar — yoshlar bandligini ta’minlash, ishsiz bitiruvchilarni ishga joylashtirish, og‘ir toifadagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, migratsiyadagi yoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash hamda ularning iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishdan iborat.

Slide 1 of 5