Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

💧 ICHIMLIK SUVI VA TOMORQA SUV TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI

💧 ICHIMLIK SUVI VA TOMORQA SUV TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
Tuman Kengashi deputati Baratova Muhayyo Safarovna tomonidan aholi tomonidan kelib tushgan murojaatga asosan Davlat mahallasi aholisi uchun ichimlik suvi va tomorqalarni sug‘orish suvi bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida ushbu yo‘nalish bo‘yicha biriktirilgan mas’ul mutaxassis bilan birgalikda bugungi kundagi suv ta’minoti holati, mavjud muammolar hamda aholini qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.
Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, tomorqa yerlarini sug‘orishda yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishiga ko‘maklashishdan iborat.
Aholi murojaatlari va mavjud muammolarni o‘rganish, ularning yechimi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 2