Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🚨 UZUNBULOQ MAHALLASIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BO‘YICHA TADBIR O‘TKAZILDI

🚨 UZUNBULOQ MAHALLASIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BO‘YICHA TADBIR O‘TKAZILDI
“Uzunbuloq” mahallasida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va tungi vaqtda nazoratsiz yurishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tungi reyd tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur profilaktik tadbir Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Norqulov tashabbusi bilan profilaktika inspektorlari va mahalla yoshlar yetakchisi hamkorligida tashkil etildi.
Reyd davomida jamoat joylari va ko‘chalar nazoratdan o‘tkazilib, deputat X.Norqulov yoshlar bilan qonunlarga rioya qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli oʻtkazish va salbiy illatlardan yiroq bo‘lish bo‘yicha tushuntirish suhbatlari olib bordi.
Asosiy maqsad — mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash hamda yoshlarni salbiy ta’sirlardan asrashdir.

Slide 1 of 4