Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISH: DEPUTAT NAZORATI
янв.21
BITIRUVCHI YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
PAXTAKORDA TA’LIM-TARBIYA MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
QIZLAR — KELAJAGIMIZ BUNYODKORLARI
янв.21
MINGCHINOR MAHALLASIDA YANGI BOLALAR MAYDONCHASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
янв.21
SAMARALI FOYDALANILAYOTGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI
янв.21
Fuqaro ichki yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha murojaat qildi
янв.21
NURONIYLAR FIKRI VA TAKLIFLARI TINGLANDI
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi raisi Sh.Suvonqulov, kotibiyat mudiri K.Mamanova hamda kotibiyat bosh mutaxassislari Sh.To‘xtamishev va R.Ortiqboyevlar ishtirokida tuman Kengashining joriy haftadagi faoliyatiga oid masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Kengash_faoliyati

#deputat_faoliyati
#doimiy_komissiya_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162ta_qonun
#biriktirilgan_tashkilot

OBODONLASHTIRISH VA KOMMUNAL XIZMATLAR SIFATI DEPUTATLAR NAZORATIDA: TUMAN OBODONLASHTIRISH BOSHQARMASIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI

🫥Tumanda ekologik barqarorlikni ta’minlash, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish xizmatlarini takomillashtirish hamda ichki yo‘llarni namunali saqlash borasidagi ishlarni tahlil qilish deputatlik nazoratining ustuvor yo‘nalishlaridandir.

🫥Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati Isoqul Xalmatov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Baxtiyor Qurbonovlar tuman Obodonlashtirish boshqarmasida bo‘lib, tuman Kengashi qarorlarining amaldagi ijrosi yuzasidan navbatdagi nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.

✅Chiqindi xizmatlari tariflari bo‘yicha:

🫥Tuman hududida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari tariflarini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi Kengashning 2026-yil 23-sentabrdagi VII-26-80-8-211-K/26-sonli qarori ijrosi;

🫥Ichki yo‘llarni saqlash bo‘yicha:
✅Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli dasturga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi 2026-yil 15-sentabrdagi VII-26-77-8-211-K/26-sonli qarori ijrosi.

✅O‘RGANISH JARAYONIDА QUYIDAGILAR TАHLIL QILINDI:

✅Chiqindi tashish xizmatlari:

✅Boshqarma tomonidan aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatilayotgan sanitar-tozalash xizmatlari qamrovi, maxsus texnikalarning shayligi hamda yangi tasdiqlangan tariflarning asosiyligi;

✅Ichki yo‘llar ta’miri:

Manzilli dasturga kiritilgan o‘zgarishlar asosida qaysi ko‘chalarda ta’mirlash ishlari boshlangani, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda ishlar sifati;

✅ Ishchi-xodimlar sharoiti:

🫥Obodonlashtirish xodimlari uchun yaratilgan mehnat sharoitlari va maxsus kiyim-bosh hamda anjomlar bilan ta’minlanganlik darajasi.

✅Tashrif yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan yo‘l ta’miri ishlarini sifatli yakunlash, chiqindi olib chiqish grafiklariga qat’iy rioya etish hamda Kengash qarorlarida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha boshqarma rahbariyatiga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1