Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Bolalar_huquqlari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🛡 BOLALAR XAVFSIZLIGI — ENG OLIY QADRIYAT! ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI


Har bir bola mehr va e’tibor muhitida ulg‘ayishi, o‘zini xavfsiz his qilishi shart. Bolaga nisbatan zo‘ravonlikning hech bir shakliga o‘rin yo‘q!

🇺🇿 O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonunchilik choralari kuchaytirilib, bunday qilmishlar uchun javobgarlik yanada qat’iylashtirildi.

⚖️ Qonunchilikdagi asosiy choralar:
🔹 Zo‘ravonlik javobsiz qolmaydi. Bolaga jismoniy yoki ruhiy azob yetkazish holatlari uchun qonunda belgilangan javobgarlik choralari qo‘llaniladi.
🔹 Jinsiy jinoyatlarga nisbatan qat’iy choralar. Yosh bolalarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uchun og‘ir jazolar belgilangan.
🔹 Bola hayoti — daxlsiz. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirilgan.

⚖️ Har bir bola xavfsiz yashash, himoyalanish va mehr ko‘rib ulg‘ayish huquqiga ega!

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning hech bir ko‘rinishiga befarq bo‘lmaylik. Zero, bolalarni himoya qilish — kelajagimizni himoya qilishdir!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1