Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISH: DEPUTAT NAZORATI
янв.21
BITIRUVCHI YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
PAXTAKORDA TA’LIM-TARBIYA MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
QIZLAR — KELAJAGIMIZ BUNYODKORLARI
янв.21
MINGCHINOR MAHALLASIDA YANGI BOLALAR MAYDONCHASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
янв.21
SAMARALI FOYDALANILAYOTGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI
янв.21
Fuqaro ichki yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha murojaat qildi
янв.21
NURONIYLAR FIKRI VA TAKLIFLARI TINGLANDI
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi raisi Sh.Suvonqulov, kotibiyat mudiri K.Mamanova hamda kotibiyat bosh mutaxassislari Sh.To‘xtamishev va R.Ortiqboyevlar ishtirokida tuman Kengashining joriy haftadagi faoliyatiga oid masalalar atroflicha muhokama qilindi.
NAMANGAN SHAHRIDA QONUNIYLIKNI MUSTAHKAMLASH VA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

NAMANGAN SHAHRIDA QONUNIYLIKNI MUSTAHKAMLASH VA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida Namangan shahar prokuraturasining 2026-yil uchinchi choragida qonuniylikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti muhokama qilindi.

Yig‘ilishda doimiy komissiya raisi, 17-Sohibkor saylov okrugi deputati Narimon Dehqonov hamda komissiya kotibi, 12-Dambog‘ saylov okrugi deputati Xakimaxon Toshmatova ishtirok etdi.

Prokuratura axborotiga ko‘ra, 2026-yilning uchinchi choragida shaharda jami 772 ta jinoyat qayd etilgan. Shu bilan birga, ayrim turdagi jinoyatlar kamaygan. Jumladan, bosqinchilik jinoyati sodir etilmagan, o‘g‘rilik 10,2 foizga, bezorilik 21,1 foizga, oilaviy-maishiy zo‘ravonlik holatlari esa 50 foizga kamaygani qayd etilgan.

Shu bilan birga, odam o‘ldirish, nomusga tegish, firibgarlik va og‘ir tan jarohati yetkazish kabi ayrim jinoyat turlarining ortgani profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish zarurligini ko‘rsatishi ta’kidlandi.

Muhokamada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-martdagi PQ-111-son “Respublikadagi kriminogen vaziyatni kundalik tahlil qilish faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.

Mazkur masala deputatlik faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi doirasida qonuniylikni ta’minlash, fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan vazifalar bilan bog‘liq.

Yig‘ilish yakunida jinoyatchilikka sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash, profilaktika ishlarini kuchaytirish hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 2