Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
INFORMATIKA VA SUN’IY INTELLEKT — KELAJAK IMKONIYATLARI
янв.21
BOG‘ISHAMOL MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISHGA QARATILGAN TASHRIF
янв.21
PAXTAKORDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
❗️TA’LIM MUASSASASIDA MAVSUMIY TAYYORGARLIK ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISH: DEPUTAT NAZORATI
янв.21
BITIRUVCHI YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
PAXTAKORDA TA’LIM-TARBIYA MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
#kotibiyat_mudiri
#deputat_faoliyati
#biriktirilgan_tashkilot
#162_qonun

Bandixon tumanidagi "Farovon" mahallasida deputatlik nazorati doirasida "24 ta eng muhim yo‘nalish" asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 13-“Farovon” saylov okrugi deputati A.Pardayev "Farovon" mahallasida bo‘lib, mahalla raisi va "mahalla yettiligi" vakillari bilan uchrashdilar.

✅O‘rganish davomida ijtimoiy xodim faoliyati alohida e’tiborga olinib, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

✅Mazkur faoliyat "Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tashkil etilishi, fuqarolarning ehtiyojini o‘z vaqtida aniqlash va ularga sifatli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.

✅Shuningdek, "mahalla yettiligi"ning o‘zaro hamkorligi, murojaatlar bilan ishlash tizimi, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham o‘rganishlar o‘tkazildi.

✅O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda deputatlik nazoratining samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✅Deputat nazorati – qonunlar ijrosi va fuqarolar manfaatlarini ta’minlashning muhim kafolatidir.

Slide 1 of 1