Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NURONIYLAR FIKRI VA TAKLIFLARI TINGLANDI
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi raisi Sh.Suvonqulov, kotibiyat mudiri K.Mamanova hamda kotibiyat bosh mutaxassislari Sh.To‘xtamishev va R.Ortiqboyevlar ishtirokida tuman Kengashining joriy haftadagi faoliyatiga oid masalalar atroflicha muhokama qilindi.
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN BOLALAR UCHUN INKLYUZIV MUHIT YARATISH ISHLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
OLTINKO‘L MAHALLASINI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH ISHLARI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI VA FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
BANKLAR FAOLIYATI QONUN IJROSI NUQTAI NAZARIDAN O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR BILAN HAMKORLIK — MUHIM VAZIFALAR MUHOKAMASI
янв.21
OILAVIY TOTUVLIK — JAMIYAT BARQARORLIGINING ASOSIDIR
#Savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining vakolatlari va ijro intizomini ta’minlash, shuningdek, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish borasidagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

📌 O‘rganish maqsadi va vazifalari

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — “Mo‘minqul” mahalla fuqarolar yig‘inidagi xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda “Mahalla yettiligi” tizimidagi o‘zaro hamkorlik darajasini maxsus savolnoma asosida har tomonlama o‘rganishdan iborat.

O‘rganishlar davomida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va oilaviy ajrimlarning oldini olish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar hujjatlar va amaliy jarayonlar kesimida tahlil qilindi.

🏛 O‘rganish ishlarida ishtirok etgan mas’ullar

📌 Mazkur tadbir Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 16-“Mo‘minqul” saylov okrugidan saylangan deputati Qodirov Rasul Saydullayevich tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputati, Kengash kotibiyati mudiri Xujanov Musurmon Abduraxmonovich Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar tomonidan “Mo‘minqul” mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

📋 Amalga oshirilgan ishlar va natijalar

Tadbir davomida soha bo‘yicha yuritilayotgan hisobotlar, “Xotin-qizlar daftari” bilan ishlash tartibi va mahalla xotin-qizlarining murojaatlarini hal etish mexanizmlari sinchiklab ko‘zdan kechirildi. Maxsus savolnomaga asosan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi. Deputatlar tomonidan sohadagi ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha doimiy va tizimli nazorat o‘rnatilishi belgilab olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 4