Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
INFORMATIKA VA SUN’IY INTELLEKT — KELAJAK IMKONIYATLARI
янв.21
BOG‘ISHAMOL MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISHGA QARATILGAN TASHRIF
янв.21
PAXTAKORDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
❗️TA’LIM MUASSASASIDA MAVSUMIY TAYYORGARLIK ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISH: DEPUTAT NAZORATI
янв.21
BITIRUVCHI YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
PAXTAKORDA TA’LIM-TARBIYA MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Deputatlik nazorati:

O‘zLiDePdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari M.Kazakov, Y.Axmedov hamda Kengash kotibiyati xodimi B.Allabergenovlar 21-Choyko‘l saylov okrugida joylashgan Choyko‘l ovul fuqarolar yig‘inida bo‘ldilar.

O‘rganishlar davomida deputatlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha “Mahalla yettiligi” faoliyati samaradorligi, xususan, Hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularning bandligini ta’minlash hamda daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroficha ko‘rib chiqildi.

Soha mas’ullari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli "2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori ijrosi yuzasidan olib borilayotgan amaliy tadbirlar deputatlik nazoratiga olindi.

Uchrashuv va muloqotlar davomida aholi farovonligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda ajratilayotgan imtiyozli kredit va subsidiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
📌 Hududlarda aholi turmush darajasini yaxshilash va qarorlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 4