Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAMARALI FOYDALANILAYOTGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI
янв.21
Fuqaro ichki yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha murojaat qildi
янв.21
NURONIYLAR FIKRI VA TAKLIFLARI TINGLANDI
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi raisi Sh.Suvonqulov, kotibiyat mudiri K.Mamanova hamda kotibiyat bosh mutaxassislari Sh.To‘xtamishev va R.Ortiqboyevlar ishtirokida tuman Kengashining joriy haftadagi faoliyatiga oid masalalar atroflicha muhokama qilindi.
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN BOLALAR UCHUN INKLYUZIV MUHIT YARATISH ISHLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
OLTINKO‘L MAHALLASINI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH ISHLARI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI VA FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
BANKLAR FAOLIYATI QONUN IJROSI NUQTAI NAZARIDAN O‘RGANILDI
“Ma’rifat” mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi muhokama qilindi

Mahalladagi har bir muammo — e’tibor, har bir murojaat — amaliy yechim talab qiladi. Aholi bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar muammolarini hal etish va fuqarolar murojaatlari bilan samarali ishlashda “Mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normurodova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, 19-“Ma’rifat” saylov okrugi deputati A.Mustafakulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov ishtirokida “Ma’rifat” mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda nimalarga e’tibor qaratildi?

Ochiq muloqot davomida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining o‘z vazifalarini bajarishdagi mas’uliyati, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda mahalladagi muammolarni hamkorlikda hal etish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, yoshlar va ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘maklashish hamda xotin-qizlarning muammolarini manzilli o‘rganish yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallada osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning ehtiyojlarini barvaqt aniqlash va murojaatlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishda mas’ullarning o‘zaro hamjihatligi muhimligi ta’kidlandi.

Deputatlik nazorati — muammolarni joyida o‘rganish va yechim izlash

Kengash raisi, deputat D.Normurodova aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolarning kundalik muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni hal etishda mas’ullarning hamkorligini kuchaytirish zarurligiga e’tibor qaratdi.

19-“Ma’rifat” saylov okrugi deputati A.Mustafakulov esa mahalladagi masalalarni faqat murojaatlar kelib tushgandan keyin emas, balki aholi ehtiyojlarini muntazam o‘rganish orqali oldindan aniqlash va ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rish muhimligini qayd etdi.

Uchrashuv yakunida mahalla faollari bilan hamkorlikni mustahkamlash, fuqarolarning murojaat va takliflarini e’tibordan chetda qoldirmaslik hamda “Mahalla yettiligi” a’zolari faoliyatining samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Maqsad — aholi muammolarini manzilli o‘rganish, mas’ullar hamkorligini kuchaytirish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish.