Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📢 FUQAROLAR QA’BULI — E’TIBOR MARKAZIDA

📢 FUQAROLAR QA’BULI — E’TIBOR MARKAZIDA
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Saidova Xafiza Danoboyevna Novqa mahalla fuqarolar yig‘inida kadastr va soliq tashkilotlari vakillari bilan hamkorlikda fuqarolar bilan qabul o‘tkazdi.
Qabul davomida aholini qiynayotgan noqonuniy qurilishlar, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, uy-joy qurilishi bilan bog‘liq muammolar atroflicha muhokama qilindi.
Fuqarolarga mavjud muammolar yuzasidan zarur tushuntirishlar, amaliy tavsiyalar va tegishli ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etish hamda muammolarni belgilangan tartibda hal qilish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.
Bunday uchrashuvlar aholining huquqiy xabardorligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.