Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xiyobon ko‘chasi asfaltlashtirildi



Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni hal etish va amalga oshirilayotgan ishlar natijasini nazorat qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

18-Yuksalish saylov okrugidagi Pichoqchi mahallasining Xiyobon ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi ham deputatlik nazorati asosida amaliy yechim topmoqda. Fuqarolar murojaati o‘rganilib, Marg‘ilon shahar hokimi o‘rinbosariga rasmiy deputat so‘rovi yuborilgan.

Natijada Xiyobon ko‘chasi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2026-yilgi dastlabki manzilli ro‘yxatga kiritilgan. Ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qarori hamda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-43-11-168-K/26-son qarori asosida shakllantirilgan.

Ayni paytda ko‘chada asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda. Jarayon 18-Yuksalish saylov okrugi deputati B.Jalilov hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova ishtirokida o‘rganildi. Ishlarning borishi va sifati ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga ta’mirlash ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli bajarish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorati orqali muammoning hal etilishi bilan birga, bajarilayotgan ishlarning sifati va yakuniy natijasiga ham e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 6