alq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi A. Saidaliyev tomonidan “Yoshlar kuni” doirasida tumandagi “Tashkent International University” (TIU) oliy ta’lim muassasasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
🎓Muloqot davomida talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning ta’lim olishi va kasbiy rivojlanishi uchun mavjud imkoniyatlar bilan tanishildi.
💬Uchrashuvda iqtidorli va tashabbuskor talabalar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda tumandagi islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalariga e’tibor qaratildi.
✅Bildirilgan murojaat va muammolarni hal etish yuzasidan tegishli takliflar ilgari surilib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Bizni kuzatishda davom eting!