Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaat joyida o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abduvoxidov Xusan Bo‘ltakovich tomonidan Bog‘ishamol mahallasidagi fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Deputat hududdagi amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi hamda Paxtakor tumani adliya bo‘limi hamkorlikni davom ettirmoqda
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Bogʻishamol mahallasi hududida joylashgan Pedagogika texnikumida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yo‘l masalasi yuzasidan murojaat ko‘rib chiqildi
янв.21
“PAXTAKOR TEKS” MChJ faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oliy Majlis deputati Suvonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashdi
Namunali Kengash tashkil etilmoqda

Ma’lumki Senat Kengashining tegishli qaroriga asosan joriy yilning 1-yarim yilligi davomida har bir hududda bittadan tuman (shahar) Kengashi faoliyatini namunali tashkil etish, yil yakuniga qadar esa barcha tuman, shahar Kengashlarning faoliyatini namunali tashkil etish belgilangan.

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida namunali Kengashlarga qo‘yilgan talablar asosida ishni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi. Birinchi navbatda tuman Kengashi, Kengash kotibiyati, uning doimiy komissiyalari faoliyati uchun zarur shart sharoitlar yaratib berildi. 

Endilikda asosiy e’tibor tuman Kengashi ishini mazmunan sifatli tashkil etish masalalariga qaratilmoqda.

Joriy yilning 11-13-mart kunlari xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatini namunali yo‘lga qo‘yish maqsadida, Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi bo‘limi boshlig‘i Nurillayev Elmurod Ro‘zimurotovich tashrif buyurdi hamda tuman Kengashi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.