Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yo‘l masalasi yuzasidan murojaat ko‘rib chiqildi
янв.21
“PAXTAKOR TEKS” MChJ faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oliy Majlis deputati Suvonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Oliy Majlis deputati Paxtakor tumanidagi INNO markaz faoliyati bilan tanishdi
янв.21
12-son umumta’lim maktabida olib borilayotgan basalt qoplama ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Mirzayev Sherzod tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Chamanzor suv uzatish inshootidagi mavjud kamchiliklar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Sulaymonov Nurali tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Suvonqulov Shohhasan tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish Uzun tumani komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uzun tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman Korripsiyaga qarshi kurashish komissiya raisi Xabibulla Bozorov rahbarligida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazning faoliyati, yordam turlari xizmatlar sifatini yaxshilash, korrupsiyani olidini olish yuzasidan markaz rahbar va xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tuman Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiya raisi tomonidan ijtimoiy himoya tizimi samaradorligi va manzilliligini oshirish orqali aholining ko‘makka muhtoj qatlami ijtimoiylashuvini ta’minlash, ijtimoiy himoyani mahalla darajasigacha tashkil etish, og‘ir hayotiy ahvolga tushib qolgan aholiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Korrupsiya O‘zbekiston davlati va jamiyati taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekani nazarda tutilib, korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi kurashish barchaning eng ustuvor vazifasi ekanligi ta’kidlandi

Slide 1 of 1