Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kotib

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi Aziz Sattorov tumandagi 83-sonli DMTTda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib bordi.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotining isitish tizimlari, favqulodda holatlarning oldini olish va ularga tayyorgarlik ko‘rish choralari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, qishki mavsumda tarbiyalanuvchilar uchun zarur va xavfsiz shart-sharoitlarni yaratish, isitish tizimlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda texnika xavfsizligi talablariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jamoatchilik nazorati davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, kuz-qish mavsumini xavfsiz va betalafot o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4