Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati N. Usmanov tomonidan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining “Oqtepa” MFYda ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔍O‘rganish davomida:
✅aholini ish bilan ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish;
✅ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb etish;
✅aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini ish bilan ta’minlash;
✅mehnat bozorida raqobatlasha olmaydigan fuqarolar uchun ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish;
✅aholi uchun bandlik va ijtimoiy himoya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi.
⚖️Shuningdek, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
📌O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli takliflar bildirilib, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.