Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun

O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-539-son Qonuni 2019-yil 21-mayda qabul qilingan.

🔺Qonunning asosiy maqsadi — qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish, ekologik toza energiya ishlab chiqarishni kengaytirish hamda energiya ta’minoti barqarorligini ta’minlash.

🌿Qonun doirasida quyosh, shamol va boshqa qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish, sohaga investitsiyalarni jalb etish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan.