Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAMARALI FOYDALANILAYOTGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI
янв.21
Fuqaro ichki yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha murojaat qildi
янв.21
NURONIYLAR FIKRI VA TAKLIFLARI TINGLANDI
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN BOLALAR UCHUN INKLYUZIV MUHIT YARATISH ISHLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi raisi Sh.Suvonqulov, kotibiyat mudiri K.Mamanova hamda kotibiyat bosh mutaxassislari Sh.To‘xtamishev va R.Ortiqboyevlar ishtirokida tuman Kengashining joriy haftadagi faoliyatiga oid masalalar atroflicha muhokama qilindi.
янв.21
OLTINKO‘L MAHALLASINI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH ISHLARI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI VA FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
BANKLAR FAOLIYATI QONUN IJROSI NUQTAI NAZARIDAN O‘RGANILDI
🔰Elektr ta’minoti — deputatlik nazoratida

🔰Elektr ta’minoti — deputatlik nazoratida

🏦Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida “Zangi” mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.
🏦O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 07.08.2024 yildagi “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-939-sonli Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida aholining elektr ta’minotidagi mavjud muammolari, tarmoq holati va fuqarolar murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Muammolarni shunchaki qayd etish bilan cheklanmasdan, ularning amaliy yechimini ta’minlash va ijrosini nazoratga olish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
🏦Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berilib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi deputatlik nazoratiga olindi.
🏦Deputatlik nazorati — muammoni aniqlash emas, uning yechimini talab qilish va natijasini kuzatishdir. Shu tamoyil asosida “Zangi” mahallasida aholini qiynayotgan masalalar bo‘yicha amaliy ishlar davom ettiriladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 2