Yunusobod tumani «Iftixor» mahallasida yashovchi fuqarolarning murojaati asosida Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Eshonxodjayev Otabek Djurayevich tomonidan hududdagi muammoli masalalar joyiga chiqib o‘rganildi.
📩Aniqlangan holatlar yuzasidan deputat Eshonxodjayev O.D. tomonidan tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
📝Deputatlik so‘rovida hududdagi yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, piyodalar va yo‘lovchilar uchun xavfsiz sharoit yaratish, avtobus bekatlarini tartibga keltirish hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish so‘raldi.
📌Deputat so‘rovi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalari asosida yuborildi. Mazkur Qonunning 8-moddasida deputatning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan tegishli mansabdor shaxslarga deputat so‘rovi yuborish huquqi belgilangan.
🤝Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish va ularning qonuniy hal etilishini nazorat qilish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Bizni kuzatishda davom eting!