Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Qoshtut mahallasida hududiy o‘rganish ishlari olib borildi

Qoshtut mahallasida hududiy o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi 26-Farobiy saylov okrugi deputati N.Kamalova hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Shopotixov tomonidan Olmazor tumani Qoshtut mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida mahalla hududi aylanib chiqilib, mavjud infratuzilma, obodonlashtirish, hududning sanitariya holati hamda aholini qiynayotgan muammo va kamchiliklarga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Aniqlangan muammo va kamchiliklar joyida qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga yo‘naltirildi hamda ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

🤝 Bunday o‘rganishlar hududdagi muammolarni bevosita joyiga chiqqan holda aniqlash, mas’ul tashkilotlar oldiga aniq vazifalar qo‘yish va aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6