1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Uzun tumanidagi 50-sonli umumta’lim maktabida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirlarda Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati U.Aliqulov "Madaniy turmush" MFY hududidagi ushbu maktab jamoasi, muallim va murabbiylarni qutlash uchun bevosita ishtirok etdi.
Deputat o‘z so‘zida yosh avlodga bilim va tarbiya berishda charchamayotgan jonkuyar ustozlarga samimiy minnatdorlik bildirib, ularning mashaqqatli va sharafli mehnati yuksak ehtiromga loyiq ekanini ta’kidladi.