Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yakkaterak mahallasida o'rganish olib borildi

Yakkaterak mahallasida o'rganish olib borildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 18-Yakkaterak saylov okrugidan saylangan deputat I. Qurbonovning saylov okrugidagi “Yakkaterak” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev tomonidan mahalla raisining faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish davomida mahalla raisi tomonidan hududda aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish, mahallada obodonlashtirish va ijtimoiy masalalarni muvofiqlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Shuningdek, mahallada mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholi bilan hamkorlikning samaradorligi o‘rganildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3