🗓 Bugun Xalq deputatlari viloyat Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
➡️ Unda “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi, Panensefalit kasalligiga qarshi kurashish hamda ijtimoiy himoya xizmatlari qamrovini kengaytirish borasida viloyat Sog‘liqni saqlash va Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmalari hisobotlari eshitildi.
🔹Yig‘ilishda mas’ullar, Ekspertlar va Yoshlar maslahat guruhlari a’zolari tomonidan savol hamda takliflar bildirildi. Yakunda mazkur masalalarni viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.