🏛 YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3-“Poshxurt” saylov okrugi deputati I. Nuriddinov tomonidan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🤝 Ochiq muloqot davomida yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar hamda mavjud imkoniyatlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
📚 Xususan, yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
💬 Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
📝 Uchrashuv yakunida bildirilgan murojaat va takliflarni o‘rganish hamda ularni hal etish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish belgilab olindi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube