Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi doirasida
янв.21
Yoshlar salomatligi yo‘lida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat aholi tomorqalaridagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Oq buloq” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti loyihasi nazoratda
янв.21
Deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari atroflicha o‘rganildi
янв.21
Sessiyaga kiritilgan masalalar doimiy komissiya tomonidan dastlabki tarzda o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi sessiya masalalari doimiy komissiya ishtirokida atroflicha o‘rganildi
янв.21
Mahallada ochiq muloqot: muammolar va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tomonidan e’tirof etildi: 13-sonli maktab jamoasi faxrli 2-o‘rin sohibi
Saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Xabibulla Bozorov, hokimning sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda tashkilot rahbarlari bilan birgalikda tumandagi Saxovat mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi. Uzun tuman hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan sayyor qabulda fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar, turli masalalar bo‘yicha murojaatlari bilan ishtirok etdi.

Qabulda tuman hokimi fuqarolarning eski sim yog‘ochlarni almashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, bolalar nafaqasi, ichimlik suvi tarmog‘ini tortish kabi masalalarga oid 20 dan ortiq murojaatlarini tinglab, ularga o‘z munosabatini bildirdi. Murojaatlarning ayrimlari shu yerning o'zida ijobiy hal etilgan bo'lsa, ijrosi ma’lum muddat talab qilinadigan murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha mutasaddilarga yo‘naltirildi va nazoratga olindi.

Slide 1 of 1