Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
To‘qsonbosti ekinlari: hosildorlik va daromad uchun yangi imkoniyat
янв.21
Yoshlar masalasi — deputatlar e’tiborida
янв.21
YOSHLAR ORASIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZI TARG‘IB QILINDI
янв.21
Pensiya tizimiga oid farmon ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar orasida profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Aziz va hurmatli o‘qituvchi va murabbiylar!
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Z.Shodmonov Bog‘ishamol mahallasida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash holatini o‘rganish maqsadida hududdagi xonadonlarga suv yetkazib beruvchi mas’ul korxonaga tashrif buyurdi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati B.Misratullayev Buyuk ipak yo‘li mahallasi binosida fuqarolar murojaatlarini qabul qildi.
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish ishlari o‘rganildi

Mahallada kambag‘allikni qisqartirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mutaxassisi T.Murodov tomonidan Mustaqillik MFYda hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, oilalarning daromad manbalarini oshirish va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi ehtiyojmand oilalar bilan ishlash, ularni mavjud imkoniyatlardan foydalanishga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kredit va subsidiya imkoniyatlaridan foydalanish hamda doimiy daromad manbalarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, aholining murojaatlari va muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganilib, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan takliflar bildirildi.

Mazkur o‘rganishlar “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish maqsadida amalga oshirildi.