Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aziz va hurmatli o‘qituvchi va murabbiylar!
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati B.Misratullayev Buyuk ipak yo‘li mahallasi binosida fuqarolar murojaatlarini qabul qildi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Z.Shodmonov Bog‘ishamol mahallasida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash holatini o‘rganish maqsadida hududdagi xonadonlarga suv yetkazib beruvchi mas’ul korxonaga tashrif buyurdi.
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 15-Pangat saylov okrugi deputati D.Do‘squlova hamda ekspert guruhi azosi bilan birgalikda hududda istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning bandligini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati D.Doʻsqulova ekspert guruhi azolari bilan “Buyuk ipak yoʻli” mahallasida joylashgan 11 hamda 13-son maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, muassasalardagi shart-sharoitlar, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar hamda taʼlim jarayonining bugungi holatini oʻrgandi.
янв.21
Olmazor mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI ORQALI MUAMMO BARTARAF ETILDI
26-SENTABR — DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI ORGANLARI XODIMLARI KUNI

26-SENTABR — DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI ORGANLARI XODIMLARI KUNI

Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, xalqimiz xavfsizligi hamda milliy manfaatlarimizni himoya qilish yo‘lida sharafli va mas’uliyatli vazifani sidqidildan ado etib kelayotgan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari va faxriylarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!

Sizlarning mashaqqatli va fidokorona xizmatlaringiz, Vatan oldidagi yuksak mas’uliyatingiz hamda el-yurt osoyishtaligini ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz tahsinga loyiq.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, kuch-g‘ayrat va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xonadonlaringizdan fayz-u baraka arimasin!

🎉 Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

🇺🇿 Vatanimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligi yo‘lidagi sharafli xizmatingizga omad tilaymiz!