Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
INFORMATIKA VA SUN’IY INTELLEKT — KELAJAK IMKONIYATLARI
янв.21
BOG‘ISHAMOL MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISHGA QARATILGAN TASHRIF
янв.21
PAXTAKORDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
❗️TA’LIM MUASSASASIDA MAVSUMIY TAYYORGARLIK ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA OBODONLASHTIRISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISH: DEPUTAT NAZORATI
янв.21
BITIRUVCHI YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
PAXTAKORDA TA’LIM-TARBIYA MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligi — deputatlik nazoratida
Aholining munosib daromad topishini ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish, ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish hamda fuqarolarni doimiy va daromadli mehnat faoliyatiga jalb etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

Shu maqsadda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati S.Abduraimov hamda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov tomonidan shahar hokimligida tashkil etilgan Kambag‘allik va bandlik masalalari bo‘yicha shtab faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida shtab tomonidan hududlarda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarning daromad manbalarini ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan, ishsiz va daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolarni aniqlash, ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ehtiyojmand oilalarni manzilli o‘rganish, ularning muammolarini joyiga chiqqan holda aniqlash, mavjud imkoniyat va resurslardan samarali foydalanish orqali oilalarning barqaror daromad manbalarini shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shtab faoliyati davomida belgilangan vazifalarning ijrosi, hududlarda mavjud muammolar, aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Ayniqsa, har bir murojaat va muammoni umumiy ko‘rsatkichlar ortida qoldirmasdan, manzilli va individual yondashuv asosida hal etish, fuqaroni shunchaki ish bilan ta’minlash emas, balki uning oilasi uchun barqaror daromad manbasini yaratishga ko‘maklashish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish, ishga muhtoj fuqarolarni band qilish hamda ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan amaliy ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — hududdagi muammolarni aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, ularning amaliy yechimini ta’minlashdir.
Slide 1 of 2