Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAMARALI FOYDALANILAYOTGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI
янв.21
Fuqaro ichki yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha murojaat qildi
янв.21
NURONIYLAR FIKRI VA TAKLIFLARI TINGLANDI
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi raisi Sh.Suvonqulov, kotibiyat mudiri K.Mamanova hamda kotibiyat bosh mutaxassislari Sh.To‘xtamishev va R.Ortiqboyevlar ishtirokida tuman Kengashining joriy haftadagi faoliyatiga oid masalalar atroflicha muhokama qilindi.
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN BOLALAR UCHUN INKLYUZIV MUHIT YARATISH ISHLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
OLTINKO‘L MAHALLASINI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH ISHLARI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI VA FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
BANKLAR FAOLIYATI QONUN IJROSI NUQTAI NAZARIDAN O‘RGANILDI
Yangi markaziy dehqon oziq-ovqat bozori: qurilish jarayoni deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Sh.Abdusamatov tomonidan «Besh qahramon» mahallasi hududidagi «Oqsoy buyum bozori» o‘rnida yangidan barpo etilayotgan Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori loyihasi doirasida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida yangi bozorni barpo etish jarayoni, qurilish ishlarining borishi hamda loyihada belgilangan vazifalarning amalga oshirilishiga e’tibor qaratildi.

Mazkur loyiha, avvalo, aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, dehqon va tomorqa egalarining o‘z mahsulotlarini ortiqcha vositachilarsiz iste’molchilarga taklif etish imkoniyatlarini kengaytirish hamda hududda savdo infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirishga qaratilgan.

Yangi bozorda dehqonlar, tomorqa egalari va tadbirkorlar uchun qulay savdo sharoitlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

MA’LUMOT UCHUN:

Yangi barpo etilayotgan Markaziy dehqon oziq-ovqat bozorida 120 ta savdo do‘koni va 250 ta savdo rastasi tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, loyiha doirasida 600 nafarga yaqin aholining doimiy bandligi ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur bozorning ishga tushirilishi hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va aholiga qulay savdo xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, loyihaning amalga oshirilishi tumanning savdo infratuzilmasini yanada takomillashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Deputatlik nazorati — hududlarda amalga oshirilayotgan muhim loyihalarning samarali va sifatli ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 9