35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#24_ta_masala
📌 Boyqishloq mahallasida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borilmoqda


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 25-“Tallashqon” saylov okrugi deputati, Kengash Kotibiyati mudiri O.Tursunov tomonidan “Boyqishloq” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan xonadonbay o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔹 O‘rganishlar davomida xonadonlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati tahlil qilinmoqda;

🔹 aholining bandligi va mavjud daromad manbalari o‘rganilmoqda;

🔹 fuqarolarni qiynayotgan muammolar aniqlanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilanmoqda;

🔹 aholi daromadlarini oshirish va yangi imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda.

🤝 Asosiy maqsad — har bir xonadon bilan manzilli ishlash, mavjud imkoniyatlarni aniqlash va aholining farovonligini oshirishga ko‘maklashish.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3