35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🍎 OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Qo‘shnazarov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova hamda O‘zLiDeP tuman Kengashi mutaxassisi N. Boyjonova hamkorligida Ijtimoiyat mahallasi hududida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
📌 O‘rganish jarayonida:
aholining sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish holati;
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilishdagi talablar;
sanitariya-gigiyena va xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi;
aholi uchun asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining mavjudligi;
oziq-ovqat mahsulotlari narxlari va bozordagi holat
bo‘yicha masalalarga e’tibor qaratildi.
⚖️ HUQUQIY ASOS
O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni
📅 03.02.2025-yil
📜 O‘RQ-1023-son
Qonunning maqsadi — oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish hamda aholining xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishiga xizmat qiluvchi huquqiy asoslarni belgilashdan iborat.

Slide 1 of 3