35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YOSHLAR BANDLIGI MASALASI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev Sarmich MFYda yoshlar bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan xonadonbay o‘rganish ishlarini olib bordi.

O'rganish davomida tadbirkorlik va chorvachilik bilan shug‘ullanayotgan yoshlarning xonadonlariga borilib, ular bilan bevosita muloqot qilindi. Yoshlarning faoliyati, mavjud imkoniyatlari va duch kelayotgan muammolari o‘rganildi.

Suhbatlar davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, chorva sonini ko‘paytirish hamda daromadlarini oshirish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3